O`zbekiston davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullaev bugun, 12 iyun kuni ishchi tashrif bilan Dushanbega bordi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.
Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, Ixtiyor Abdullaevni poytaxt aeroportida Tojikiston milliy xavfsizligi davlat qo`mitasi raisi Saymo`min Yatimov kutib olgan.
Ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuv davomida terrorizmga qarshi kurash, davlat chegaralarini muhofaza qilish, o`zaro axborot almashish masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda O`zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi o`rtasida hamkorlik bo`yicha bitim imzolanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, O`zbekiston DXX rahbari Rog`un GESi barpo etilayotgan hududga tashrif buyurishi va u erda qurilish ishlarining borishi bilan tanishishi ham ko`zda tutilgan.






