Nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga qabul qilishda kamsitilishga yo`l qo`yilsa, javobgarlik muqarrar.
Prezidentning 2018 yil 11 iyunda “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta`minlashni rag`batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to`g`risida, shuningdek, nogironligi bo`yicha hech qanday kamsitishga yo`l qo`ymaslik, nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishdagi teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish vazifasi topshirildi.






