AsosiyJamiyat

Bugungi ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'Bugungi ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

Bugun, 31 mart kuni Toshkentda havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 14-16 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.  

Respublikaning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Farg`ona vodiysining tog`li tumanlarida yog`ingarchilik bo`ladi. Xavfli qor uyumlari bo`lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.  

    Boshqa yangiliklar