AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qurilishda xarajatlarni 30-40 foizga qisqartiriladi

'O`zbekistonda qurilishda xarajatlarni 30-40 foizga qisqartiriladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta`minlash bo`yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig`ilishida byudjet mablag`lari sarflanishi samaradorligi haqida gapirdi.

Yig`ilishda qayd etilishicha, sog`liqni saqlash tizimiga kompyuter olish uchun ajratilgan 20 milliard so`m 2 yildan beri ishlatilmasdan turibdi.

Fermer, dehqon va tomorqa er egalariga 51 turdagi subsidiyalar uchun so`nggi ikki yilda 5,4 trillion so`m ajratildi, lekin talablar murakkab bo`lgani uchun 15 turdagi subsidiya ikki yil davomida hech kimga berilmagan.

Iqtisod qilish – ish hajmini qisqartirish emas, loyihani to`g`ri qilish, “shishirilgan” xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo`lishi kerak — dedi prezident.

Bu borada loyiha institutlari faoliyati, yondashuvlari va mas`uliyatini tubdan o`zgartirish kerakligi qayd etilib, Vazirlar Mahkamasiga etakchi davlat loyiha tashkilotlarini takomillashtirish bo`yicha qaror kiritish topshirildi.

Prezident qurilishda xarajatlarni 30-40 foizga qisqartirish lozimligini ham aytdi.

    Boshqa yangiliklar