O`zgidromet ertaga, 17 yanvar kuni O`zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo`lgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, cho`l hududlarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan hamda Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo`ladi.






