AsosiyDunyo

Ozarbayjon Erondagi elchixonasi faoliyatini butunlay to`xtatdi

'Ozarbayjon Erondagi elchixonasi faoliyatini butunlay to`xtatdi'ning rasmi

Eronning Ozarbayjondagi diplomatik faoliyati butunlay to`xtatildi. Bu haqda jurnalistlarga Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Xalaf Xalafov ma`lum qildi, deya xabar beradi Trend.az.

«Elchixonada diplomatik xizmatning ma`muriy binosi va mulkini qo`riqlash uchun bor-yo`g`i 5 kishi qoladi, biroq ular diplomatik vazifalarni bajarmaydi», - deya qo`shimcha qildi vazir o`rinbosari.

Eslatib o`tamiz, 2023 yilning 27 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8:30 atrofida Ozarbayjonning Eron Islom Respublikasidagi elchixonasida terakt sodir etilgan edi.

Hujumchi qo`riqlash postiga avtomatdan o`q uzgan, xavfsizlik xizmati rahbari halok bo`lgan, elchixonaning ikki qo`riqchisi yaralangan. Hozirda terrorchilik harakati tergov qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar