Chilonzor tumani "Astrobod" ko`chasida sodir bo`lgan hodisa yuzasidan FVV qo`shimcha ma`lumot berdi.
Avval xabar berganimizdek, bugun, 14-iyun kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Chilonzor tumani "Astrobod" ko`chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi (angar)da texnologik jarayonni buzilishi natijasida portlash hodisasi sodir bo`lib, yong`in yuzaga kelgan. Natijada sexning tom qismi konstruksiyalarining qulab tushishi va 50 kv.m maydonda ichki qismi va dastgohlarining yonishiga olib kelgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV va shahar FVB rahbariyati boshchiligida yong`in-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, Prokuratura, IIV, MG, SSV, Hududgaz va boshqa tegishli tashkilotlar hodimlari etib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olb borilmoqda.
Hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo`lgan va 14 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
14.06.2023 12:33
“Bir kishi voqea joyida halok bo`lgan”. Toshkentdagi portlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi






