AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi 17ta tijorat banki ogohlantirildi

'O`zbekistondagi 17ta tijorat banki ogohlantirildi'ning rasmi

May oyida Markaziy bank tomonidan 17ta tijorat banki va 2ta nobank kredit tashkiloti ogohlantirilgan. Shuningdek, 1ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima chorasi qo`llangan hamda 3ta to`lov tashkilotining lisenziyasi chaqirib olingan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.

Bank nazorati qo`mitasi tomonidan joriy yilning may oyida 8 ta yig`ilish o`tkazilib, ularda jami 40 ta masala muhokama qilingan. 

O`tkazilgan yig`ilishlar yakuni bo`yicha 17ta tijorat banki va 2ta nobank kredit tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar sababli ogohlantirilgan, 1ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima chorasi qo`llangan hamda 3ta to`lov tashkilotidan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyalarini chaqirib olish to`g`risida qaror qabul qilingan.

“Ayrim tijorat banklari boshqaruvlari zimmasiga ortiqcha undirilgan komission haqlarni mijozlarga qaytarish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kredit axborotining davlat reestriga haqqoniy ma`lumotlarni uzatish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatni sog`lomlashtirish hamda iqtisodiy sanksiyalar bilan bog`liq xatarlarni boshqarishga doir talablarga rioya etish vazifalari yuklatildi”, deyiladi regulyator xabarida.

    Boshqa yangiliklar