AsosiyJamiyat

Qo`qondagi bozorda yonib ketgan do`konlar 15 kunda qayta qurib berilishi aytildi

'Qo`qondagi bozorda yonib ketgan do`konlar 15 kunda qayta qurib berilishi aytildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida joylashgan bozorda yirik yong`in sodir bo`lgandi. Viloyat hokimligi axborot xizmati bozorda yonib ketgan do`konlar 15 kunda qayta qurib berilishini ma`lum qildi

Viloyat hokimligi matbuot kotibining ma`lum qilishicha, qurilish ishlari 15 kun muddatda yakunlanadi va buning uchun etarli quruvchilar jalb etiladi. Qurilish ishlari uchun tadbirkorlardan umuman pul olinmaydi. Barcha ishlar bozor ma`muriyati hisobidan amalga oshiriladi. 

“Viloyat hokimligi qurilish ishlari 15 kun muddatda yakunlanishini, buning uchun etarli quruvchilarning jalb etilishini ta`minlaydi va nazoratga oladi. Qurilish ishlari uchun tadbirkorlardan hech qanday mablag` olinmaydi. Barcha ishlar bozor ma`muriyati hisobidan amalga oshiriladi, buning uchun ma`muriyatga etarli bank krediti taqdim etiladigan bo`ldi”, — deydi viloyat matbuot kotibi Dilmurod Jumabaev.

Qayd etilishicha, hozirda zarar miqdorini aniqlash ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar