Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishning aniq maqsad va chegaralarini belgilash, byurokratik to`siqlarni qisqartirish – biznes va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashning muhim omillaridan hisoblanadi.
Bugungi kunda tadbirkorlikni tartibga soluvchi 6 mingdan ortiq me`yoriy-huquqiy va 40 mingta texnik hujjatlar mavjud. Ulardagi mavjud ayrim eski talablar biznesni rivojlantirish, yangi mahsulotlar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etishni qiyinlashtirmoqda.
Tadbirkorlarning asosiy faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan, masalan oziq-ovqat, umumiy ovqatlanish, qurilish va boshqa sohalarda ikkilamchi talablarning ko`pligi tadbirkorlarning o`z faoliyatini rivojlantirishiga to`sqinlik qilmoqda.
Mazkur to`siqlarni bartaraf qilish, biznes uchun qo`yilgan talablarni tizimlashtirish maqsadida 2022 yil 9 noyabrdagi PF–244-son Prezident Farmonidatadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reestrini joriy qilish belgilangan.
Elektron reestrga tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish vositalari bo`yicha o`rnatilgan barcha talablar, ularning muddatlari, moliyaviy xarajatlar, muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar, nazorat qiluvchi organlar, tekshiruv shakllari hamda javobgarlik choralariga oid ma`lumotlar kiritilishi lozim.
Reestr ikki bosqichda shakllantiriladi, birinchi bosqich – 2023 yilda qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish, ta`lim va transport sohalaridagi majburiy talablar reestrga kiritiladi.
Ikkinchi bosqich – 2024-2025 yillarda barcha sohalardagi majburiy talablar reestrga kiritilib 2025 yil 1 iyuldan to`liq ishga tushiriladi.
Har bir majburiy talabning dolzarbligi tanqidiy tahlil qilinib tartibga solish ta`siri baholashdan o`tkaziladi hamda ularning soni qisqartiriladi.
Reestrga kiritilmagan talablar bo`yicha tadbirkorga nisbatan javobgarlik belgilanmaydi.
Joriy yilning 13 iyunida Adliya vazirligidatashkil qilingan “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona elektron reestridagi ma`lumotlarni shakllantirish” mavzusidagi o`quv seminarda yuqoridagilar muhokama qilindi.
O`quv seminarda sohaga mas`ul 15 ta vazirlik idoralarning xodimlari va mutaxassislar ishtirok etishdi.






