Belarus davlati rahbari AQShdagi saylovlar haqida gapirar ekan, prezidentlikka navbatdagi nomzod kim bo`lishi va saylov poygasida g`alaba qozonishi masalasi unchalik muhim emasligini ta`kidladi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Uning ta`kidlashicha, AQShda tegishli qarorlarni prezident emas, boshqalar qabul qiladi.
"Amerikada mashina ishlaydi, birorta ham prezident bu mashinaga qarshi chiqmaydi. Bayden ular nima deyishsa, shuni qiladi", — deydi Lukashenko.
Uning so`zlariga ko`ra, Tramp qat`iyroq va vaziyatni nazorat qilayotganlarga qarama-qarshi qarorlar qabul qilishi mumkin.
"Agar Tramp g`alaba qozonsa urushni tugatish bo`yicha bergan va`dalarini qisman bo`lsada bajarishi mumkin. Biz uning hokimiyatga kelishi va bugungi kunda Rossiyaga qarshi kurashayotgan NATO mashinasini to`xtatishiga umid qilamiz", — deydi Belarus rahbari.






