AsosiyDunyo

Kolumbiyadagi samolyot halokatida bedarak yo`qolgan bolalar 40 kundan keyin tirik topildi

'Kolumbiyadagi samolyot halokatida bedarak yo`qolgan bolalar 40 kundan keyin tirik topildi'ning rasmi

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro 1 may kuni o`rmonda halokatga uchragan aviahalokatdan keyin bedarak yo`qolgan to`rt nafar bola  40 kundan keyin  tirik topilganini ma`lum qildi. 

Bu haqda u Tvitterdagi sahifasida yozgan, deb xabar bermoqda “Trend”.

Dastlab Solanodan San-Xose del Guaviarega uchayotgan samolyot bortida etti kishi bo`lgan. Harbiylar 15 may kuni samolyot va uch nafar katta yoshli yo`lovchilarning jasadini topgan. Samolyot uchuvchisi uzatgan oxirgi xabarda dvigatelning nosozligi aytilgan.

    Boshqa yangiliklar