AsosiyJamiyat

Poytaxtda kuzatilayotgan elektr ta`minotidagi uzilishlarning sababi aytildi

'Poytaxtda kuzatilayotgan elektr ta`minotidagi uzilishlarning sababi aytildi'ning rasmi

Energetika vazirligi poytaxtning ayrim hududlarida kuzatilayotgan elektr ta`minotidagi uzilishlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida tumandagi Yuqori Darxon, Yangi Sirg`ali, Navro`z va Charog`on mahallalarining ayrim hududlarida elektr ta`minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda tuman elektr ta`minoti korxonasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish choralari ko`rilmoqda.  

Ta`mirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanadi va hududning elektr ta`minoti qayta tiklanadi.  

 

    Boshqa yangiliklar