Xitoy rahbari Si Szinpin Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramaposa bilan telefon orqali muloqoti chog`ida mojaroni tinch yo`l bilan hal etishga ko`maklashish uchun Rossiya va Ukrainaga delegasiya yuborishni rejalashtirayotgan Afrika davlatlarining sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatladi. Bu haqda shanba kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi, deya xabar bermoqdaTASS.
“Siz, janob Prezident, manfaatdor Afrika davlatlari rahbarlari bilan birgalikda Rossiya va Ukraina urushini tinch yo`l bilan hal etish uchun tashrif buyuradigan delegasiya tuzganingiz yaxshi voqeadir”, — deya Si Szinpin so`zlaridan iqtibos keltirgan Xitoy TIV. “Umid qilamanki, butun sayyoramizning tinchlikni sevuvchi va adolat tarafdorlari bo`lgan mamlakatlari aql ovozi bilan [mojaroni] hal qilish uchun tinchlik jarayonining rivojlanishini rag`batlantirishga qodir bo`ladi".
Xitoy rahbarining aniqlik kiritishicha, Pekin muzokaralar orqali tinchlikni tiklashga qaratilgan sa`y-harakatlarni doimo yoqlab keladi. "Umid qilamanki, barcha tegishli tomonlar muloqot orqali inqirozni hal qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi", dedi u.
Janubiy Afrika rahbari qit`adagi olti davlat – Misr, Zambiya, Kongo Respublikasi, Senegal, Uganda va Janubiy Afrikadan iborat delegasiya iyun oyining ikkinchi yarmida Rossiya va Ukrainaga tashrif buyurishi kutilmoqda.






