AsosiyDunyo

Qozog`istondagi o`rmonda yuz bergan kuchli yong`in natijasida 3 odam halok bo`ldi, yana 11 kishi qidirilmoqda

'Qozog`istondagi o`rmonda yuz bergan kuchli yong`in natijasida 3 odam halok bo`ldi, yana 11 kishi qidirilmoqda'ning rasmi

Abay viloyatidagi keng ko`lamli yong`in tufayli davlat rahbari Qosim-Jomart To`qaevning Vetnamga 11—13-iyun kunlariga mo`ljallangan rasmiy tashrifi boshqa kunga qoldirildi, deb xabar berdi “Zakon.kz”.

Qozog`iston Prezidenti Abay viloyatiga tashrif buyurib, tezkor yig`ilish o`tkazish va tabiiy ofatdan jabr ko`rgan fuqarolarga yordam ko`rsatish choralarini ko`rishni rejalashtirgan.

8 iyun kuni Semey orman davlat o`rmon qo`riqxonasi hududida boshlangan tabiiy yong`in maydoni 9 iyun kuni 30 ming gektarga ko`paydi. Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, o`rmon xo`jaligining 3 nafar xodimi halok bo`lgan, yana 11 kishini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Yirik yong`in munosabati bilan prezident Qozog`iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariga tezda Abay viloyatiga jo`nab ketish va tabiiy ofatga qarshi kurashish ishlariga rahbarlik qilishni topshirdi. Hukumat va viloyat hokimligiga esa halok bo`lganlarning oila a`zolariga har tomonlama yordam ko`rsatish topshirilgan.

Qozog`iston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining Zakon.kz muxbiriga ma`lum qilishicha, kuchli shamol tufayli yong`in tezda katta hududga tarqaldi.

    Boshqa yangiliklar