1

БАДИИЙ КЕНГАШ: "ШАРОФ РАШИДОВ" НОМЛИ ҲУЖЖАТЛИ ФИЛЬМ НАМОЙИШ ЭТИЛАДИ

ШОУ-БИЗНЕС 21.11.2017, 12:48
БАДИИЙ КЕНГАШ: "ШАРОФ РАШИДОВ" НОМЛИ ҲУЖЖАТЛИ ФИЛЬМ НАМОЙИШ ЭТИЛАДИ
"O'zbekkino" Milliy agentligi Badiiy kengashining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi va unda bir qator masalalar ko'rib chiqildi. Ko'rilgan masalalar yuzasidan kengash qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra:

1. Mualliflar Zulfiya Yunusova, Iqbol Mirzo, Hilol Nasimovning “Yovqurlar” nomli to'liq metrajli badiiy filmga mo'ljallab yozilgan adabiy ssenariy Badiiy kengash a'zolarining bildirgan tavsiyalari asosida qayta ishlash sharti bilan, “Vatan kinostudiyasi” MChJ ga ishlab chiqarishga tushirildi;

2. Muallif Mikoyil Suleymonovning “O'zingdan qo'ymasin” nomli to'liq metrajli badiiy filmga mo'ljallab yozilgan adabiy ssenariyi qaytarildi;

3. Muallif Sirojiddin Rustamning “Kenja botir” nomli animatsion filmga mo'ljallab yozgan adabiy ssenariyi qayta ishlashga tavsiya etildi;

4. Rejissyor B.Odilovning “Sharof Rashidov” nomli hujjatli filmi qabul qilindi va keng namoyishga tavsiya etildi;

5. Agentlikning 2018 yilga mo'ljallangan filmlar mavzular rejasi Badiiy kengash a'zolarining bildirgan tavsiyalari asosida qayta ishlangach, tasdiqlashga kiritilishi taklif etildi;

6. Quyidagi retro filmlarni 2017-2018-yillar davomida “O'zbekfilm”AJda o'zbek tiliga dublyaj qilishga ruxsat berildi:


1) “Абу Райҳон Беруний” – 1974y;

2) “Встречи и расставание” – 1973y;

3) “Бедные люди” – 1990y;

4) “Синчалак” – 1961y;

5) “Наташахоним” – 1965y;

6) “Мой добрый человек” – 1973y;

7) “Незабытая песня” – 1974y;

8) “Любовь и ярость” – 1978y;

9) “Приклочение Акмаля” – 1983y;

10) “Одна среди людей” ("Nodirabegim") – 1973y.

Шарҳлар

Об-ҳаво: Тошкент
Валюта курси
1