1

Qidiruvdagi shaxsdan 17 million so`mlik soliq qarzdorligi undirildi

Jamiyat 23.09.2019, 15:55
Qidiruvdagi shaxsdan 17 million so`mlik soliq qarzdorligi undirildi

Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo`limi ish yurituvida,Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining 02.04.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.Jo`raevdan undiruvchi Yunusobod tuman DSI foydasiga 17 mln. 518 ming so`mlik soliq qarzi xamda davlat foydasiga 202.730 so`m davlat boji undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo`yicha fuqaro M.Jo`raev belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda davlat ijrochisini qonuniy talablarini bajarmagan.

Pochta orqali yuborilgan chaqiruv qog`ozlariga javob olinmaganidan keyin davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning yashash manziliga chiqilgandaijro xujjatida ko`rsatilgan manzilda yashamasligi aniqlangan.Qarzdor M.Jo`raevni topish imkoni bo`lmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan 19.09.2019 yilda qidiruv elon qilingan.

Qidiruv bo`yicha inspektor tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv chora tadbirlari natijasida qarzdor M.Jo`raev topilib, bo`limga kelinishi taminlandi.

Qarzdorga nisbatan huquqiy tushuntirish ishlari natijasida Yunusobod tuman DSI foydasiga 17 mln. 518 ming so`mlik soliq qarzi undirildi. Qarzdorga nisbatan bundan keyin to`lovlarni o`z vaqtida to`lab borishi to`g`risida tushuntirishlar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1