1

O`g`liga nikoh o`qigan ota etti sutkaga qamaldi

Jinoyat 23.09.2019, 09:15
O`g`liga nikoh o`qigan ota etti sutkaga qamaldi

Farg`ona viloyatining Qo`shtepa tumanida o`g`liga nikoh o`qib qo`ygan otaga ma`muriy chora ko`rildi. Bu haqda "Mening yurtim" telekanalining "Markaziy studiya" informasion dasturida ma`lum qilindi.

Sayyor sud majlisida ko`rib chiqilgan ishda ota o`g`liga nikoh o`qib qo`yishlarini so`rab, bir necha imom-domlaga borganini, biroq ularning bari rad javob beravergach, oxiri o`g`lini o`zi nikohlab qo`yganini aytgan.

O`g`liga nikoh o`qigan ota aslida bu ish bo`yicha hech qanday vakolatga ega emasligini ham tan olgan. Sud unga etti kunlik ma`muriy qamoq jazosini tayinlagan. Ota qo`lida kishan bilan sayyor sud majlisidan olib ketilgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1