1

6 ming dollar evaziga ish topib berishni va`da qilgan shaxs ushlandi

Jinoyat 23.09.2019, 09:09
6 ming dollar evaziga ish topib berishni va`da qilgan shaxs ushlandi

Ichki ishlar organlariga 29 yoshli Alisher Ya. murojaat qildi. Uning ma`lum qilishicha, 23 yoshli Qobiljon N. uni Latviyada ishga joylashtirishni va`da qilib, evaziga 6 ming dollar so`ragan.

«6-sentyabr kuni kechqurun Mirzo Ulug`bek tumanida 3900 dollarni olayotganida Qobiljon N. ichki ishlar organi xodimlari tomonidan qo`lga olingan», — deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, Qobiljonga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1