1

Qisqa tutashuv oqibatida ikki hovli yonib ketdi

Jamiyat 23.09.2019, 09:04
Qisqa tutashuv oqibatida ikki hovli yonib ketdi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida 19 sentyabr kuni soat 14:56 da «Toshuti» mahalla fuqarolar yig`ini Yangi Iqbol ko`chasida joylashgan 4- va 5-uylarda yong`in bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.


Xabar asosida voqea joyiga oltita yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Birinchi bo`linmalar ko`rsatilgan manzilga 7 daqiqada etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in to`liq o`chirilgan.

Yong`in oqibatida 4-uyning 150 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari va 5-uyning 100 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va qisman ichki jihozlari yonib zararlangan. Uylarning 200 kvadrat metr maydonlari olovdan saqlab qolingan.


«Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar qayd etilmagan. Hodisaning taxminiy sababi — elektr simlaridagi qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deya xabar bermoqda Davlat yong`in xavfsizligi xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1