«Qo`qon shamoli» tarixiy badiiy filmining yopiq premerasi bo`lib o`tdi

Madaniyat 23.09.2019, 08:58
«Qo`qon shamoli» tarixiy badiiy filmining yopiq premerasi bo`lib o`tdi

Ma`lumot o`rnida: Film Qo`qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o`sha davr chigalliklari haqida bo`lib, asosan Qo`qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi.

21 sentyabr kuni "Zarafshon" majmuasidagi media-xollida filmning OAV vakillari uchun yopiq premerasi bo`lib o`tdi. Shuningdek namoyishda kino san`atining vakillari ham ishtirok etishdi.

Taqdimotni "O`zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxalikov o`z nutqi bilan ochib berdi.


"Dilshoh" kinostudiyasi va rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan "Qo`qon shamoli" tarixiy badiiy filmning namoyishi o`sha kuni tamoshabinlarni yana bir bor o`tmish sahnasiga olib kirdi, desak mubolag`a bo`lmaydi.

Eslatib o`tamiz, "Qo`qon shamoli"nomli tarixiy filmida Nodirabegim rolida yosh aktrisa Rayhon Asatova, Amir Umarxon rolida aktyor Ilhom Berdiev, Olimxon rolida esa aktyor Bobur Yo`ldoshevni ko`rish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1