1

O`zbekistonda mebel ishlab chiqaruvchilar yog`ochni qaerdan olgani tekshirilishi mumkin

Jamiyat 22.09.2019, 14:53
O`zbekistonda mebel ishlab chiqaruvchilar yog`ochni qaerdan olgani tekshirilishi mumkin

O`zbekistonda mebel ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi tadbirkor va hunarmandlar o`z mahsulotlarini tayyorlashda foydalanayotgan yog`och materiallarini qaerdan olayotgani tekshirila boshlanishi mumkin.

Unga ko`ra, respublikadagi mebel ishlab chiqaruvchi korxona va hunarmandlarning faoliyati ham o`rganilib, ular foydalanayotgan daraxtlar qaerdan kelayotgani atroflicha surishtirilishi taklif sifatida aytib o`tilgan. Shu bilan birga, Davlat ekologiya qo`mitasi inspeksiya boshlig`i O`lmas Sobirovning aytishicha, daraxtlarning kesilishiga qarshi kurashish, ularni himoya qilish faqat Davlat ekologiya qo`mitasi zimmasida emas.

«Viloyat, tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari qoshida daraxtlarni parvarishlash, kasalliklarga nisbatan kurash olib borish va bartaraf etish bilan shug`ullanuvchi mas`ul markazlar mavjud. Ammo ular vazifasini to`liq bajarmayapti», — deydi Sobirov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1