1

Tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qishga ruxsat berildi

Jamiyat 22.09.2019, 14:38
Tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qishga ruxsat berildi

Ko`plab abiturientlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirish uchun topshirgan test sinovlari natijasi bo`yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarga, ro`yxatdan o`tish mobaynida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qishga ruxsat berildi.

Bunda, oliy ta`lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish, tanlov bo`yicha birinchi bakalavriat ta`lim yo`nalishida e`lon qilingan test sinovlari natijalariga ko`ra, abiturientlarning to`plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abiturientlarning arizalariga muvofiq, to`plagan ballari qat`iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi shuningdek, super-kontraktlar haqida qo`shimcha rasmiy ma`lumotlarni ham e`lon qildi.

2019/2020 o`quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko`ra to`plagan ballari tasdiqlangan to`lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4 balldan ortiq etmagan, 56,7 balldan kam bo`lmagan holda, qo`shimcha ravishda o`qish istagini bildirgan abiturientlarning birinchi o`quv yili uchun amalda o`rnatilgan miqdorga nisbatan tabaqalashtirilgan to`lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlangan.

Bunda, 2019/2020 o`quv yili uchun:

- tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt miqdorlari bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha belgilangan stipendiyasiz bazaviy to`lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanishi;

- to`lovchilarning o`z xohishiga ko`ra stipendiyali to`lovlar, ya`ni, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt summasiga (bir o`quv yili uchun 4800,0 ming sum) qo`shimcha to`lanishi;

- tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt miqdorlari oylarga bo`lib to`langanda ham, o`quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi joriy yilning 1 noyabridan hamda ikkinchi yarmi uchun 2020 yilning 1 martidan kechiktirmay to`lanishi belgilangan.

To`plagan ballari 56,7 balldan kam bo`lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha etmagan abiturientlar uchun belgilangan tartibda to`lov-kontrakt miqdorlarini belgilash va to`lash uchun ham joriy etiladi.

Eslatib o`tamiz, kirish chizig`iga 4 ballgacha etmaganlar tabaqalashtirilgan kontraktni quyidagi miqdorda to`lashadi:

1 ballgacha etmagan abiturientlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha etmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha etmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha etmaganlar uchun - 3,0 barobar.

To`plagan bali kirish chizig`iga 4 balldan ortiq etmagan, lekin 56,7 dan ko`p ball to`plagan abiturientlar uchun kontrakt to`lov miqdorlari o`tgan yilgidan deyarli o`zgarmagan. Eng ko`p to`lov yurisprudensiya yo`nalishida bo`lib, 25 barobar, ya`ni 229 mln 184 ming so`mdir. Keyingi o`rinda tibbiyot yo`nalishi, bunda 20 barobar, ya`ni 170 mln 649 ming so`m to`lanishi qayd etilgan. Boshqa yo`nalishlarda 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan bo`lib, ushbu narxlar minimal miqdor hisoblanadi.

Joriy yildan boshlab OTMlar super-kontrakt narxini o`zi mustaqil belgilaydi, faqat asosiy sharti minimal miqdordan kam bo`lmasligi kerak.

Ma`lumot uchun, 2019/2020 o`quv yilida oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga to`lov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun to`lov haqini o`tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so`nggi muddati 2019 yilning 15 oktyabri etib belgilandi.

To`lov-kontrakt asosida ta`lim olayotgan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to`lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta`lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1