Zararni vaqtida to`lamaslik,jinoiy javobgarlikka olib keladi

Jinoyat 21.09.2019, 17:22
Zararni vaqtida to`lamaslik,jinoiy javobgarlikka olib keladi

MIB Yangiyo`l tuman bo`limi tezkor xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritadigan savdo do`koni tekshirilganda, iste`molchi elektr energiya hisobdoni, tegishli tartibda Yangiyo`l TETK ro`yxatidan o`tkazilmasdan, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlangan va holat yuzasidan elektr energiyadan foydalanish qoidalari buzilganligi haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Aniqlangan huquqbuzarlik natijasida MChJning, ta`minotchi korxonaga etkazilgan zarar miqdori 42.111.806 so`mni tashkil qilgan.

Huquqbuzarga etkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda o`z xohishi bilan to`lash uchun qonunda belgilangan bir oylik muddat berilishiga qaramasdan MChJ rahbari A.Qo`chqorov bu pullarni to`lamagan.

Natijada, savdo do`kon egasiga nisbatan O`z. Res. Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1