1

Iqlim o`zgarishiga qarshi namoyishlar Nyu-York, London ko`chalarini qamrab oldi

Dunyo 21.09.2019, 15:04
Iqlim o`zgarishiga qarshi namoyishlar Nyu-York, London ko`chalarini qamrab oldi

60 mingdan ziyod kishi Nyu-York ko`chalarida bo`lib o`tgan iqlim o`zgarishiga qarshi kurashga qaratilgan namoyishda qatnashgan.

Shu bilan birga, 16 yoshli shved faoli Greta Tunberg 250 ming tarafdorlari bilan shahar ko`chalariga chiqqan. Bu xaqda TASS xabar beradi.

Agentlik shved faoli bayonotidan iqtibos keltirgan. “Biz iqlim inqirozini engish uchun qo`limizdan kelganicha harakat qilamiz, hatto u maktabda darslarni tashlab ketish yoki ishdan bo`shatish bilan bog`liq bo`lsa ham, chunki bu muhimroq“, degan Tunberg.

Ushbu aksiya dushanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotida iqlim sammiti ochilishi arafasida boshlangan bo`lib, ekologiya faollarining fikriga ko`ra, davlatlar iqlim o`zgarishiga qarshi jiddiy kurashmayapti.

BMT iqlim sammiti arafasida Londonda ham 100 mingga yaqin ekologiya jonkuyarlari shahar ko`chalariga chiqqan.

Ma`lumot o`rnida, shved faoli Tunberg mart oyida tinchlik bo`yicha Nobel mukofotiga nomzod bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1