«Grin kard» bo`yicha qo`shimcha: bu yildan yashil pasport o`tmaydi, qizil pasport kerak

Jamiyat 21.09.2019, 11:01
«Grin kard» bo`yicha qo`shimcha: bu yildan yashil pasport o`tmaydi, qizil pasport kerak

Bu yildan grin-karta uchun qizil pasport (xorijga chiqish pasporti) raqamlarini kiritish kerak bo`ladi( yashil emas, qizil).

Bu yangilik, ayniqsa, O`zbekistondan tashqarida yashil (yoki muddati tugagan) pasport bilan yurganlarga qattiq ta`sir qiladi — ular bu yili grin-karta o`ynay olmaydilar. Bundan tashqari, AQShda noqonuniy yurgan o`zbekistonliklar ham endi grin-karta orqali o`z holatlarini legallashtirishlari muammoga aylanadi.

Shuningdek, yangi qoidalarga ko`ra anketaga faqat to`ldiruvchining pasport raqami kiritiladi. Ya`ni, siz asosiy da`vogar bo`lsangiz, sizning pasportingiz raqami kiritiladi; turmush o`rtog`ingiz yoki farzandlaringizniki kerak bo`lmaydi. Ammo agar turmush o`rtog`ingiz ham alohida o`ynamoqchi bo`lsa, u holda ikkinchi anketaga uning pasport raqami kiritiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1