So`nggi Temuriylar izidan: o`zbek va ingliz mutaxassislari Axsikent bo`ylab virtual sayohatni yo`lga qo`yishmoqchi

Madaniyat 20.09.2019, 17:37
So`nggi Temuriylar izidan: o`zbek va ingliz mutaxassislari Axsikent bo`ylab virtual sayohatni yo`lga qo`yishmoqchi

“O`zbekkino” Milliy agentligi, Kembrijdagi Kaliforniya universitetining Arxeologiya instituti, Markaziy Osiyo forumi va arxeometallurgik tadqiqotlar instituti, Bornmut universiteti, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akadmiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti O`zbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi ko`magida bir qator tarixiy yodgorliklar, jumladan Axsikent shaharchasida virtual o`lchamdagi multimedia mahsulotlari yaratishni yo`lga qo`yish niyatida.

17 sentyabr kuni London shahrida o`tkazilgan “Yangi O`zbekiston. Bebaho madaniy tashabbuslar” nomli media-tadbirda London Universiteti kolleji Arxeologi instituti mutaxassisi Gay Jo`raevning ta`kidlashicha, O`zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalari xilma-xil va u ilmiy jamoatchilikning yuksak e`tiborini torta oladi. Bu o`rinda so`z Markaziy Osiyoning arxeologik landshaftiga bag`ishlangan loyiha haqida so`z bormoqda.

«Biz arxeologik va me`moriy yodgorliklar bo`yicha arxiv va tarixiy ma`lumotlarni raqamlashtiramiz. Umid qilamizki, bu loyiha Markaziy Osiyo, xususan O`zbekiston madaniy merosi haqida mukammal ma`lumotlar bazasini yaratish imkonini beradi. Zotan bu zamin avvaldan qadimiy materiallar va yodgorliklarning eng katta markazlaridan biri bo`lib kelgan” – deya ta`kidlaydi olim.

«Bugun “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi bizda juda katta qiziqish uyg`otmoqda. Chunki bu loyihaning natijalari nafaqat men va mening hamkasblarim, balki butun O`zbekiston aholisi, hatto butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega. Loyiha ma`rifiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega, shuning uchun biz unda ishtirok etib, buturkumni yaratishda multimedia vositalari, ilm-fandagi zamonaviy ilmiy ishlanmalar bilan faol ishtirok etmoqchimiz”, – deya qo`shimcha qildi olim.

“Bugun “O`zbekkino”ning eng muhim vazifalaridan biri – yoshlar uchun hujjatli va ma`rifiy filmlarni ishlab chiqarishni ko`paytirishdan iborat, - deydi “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov. – Ammo bunday mahsulotlar yoshlar qabul qila oladigan formatda uzatilishi lozim. Bunda bizga virtual imkoniyatlar asosida yaratilgan so`nggi ishlanmalar yordamga keladi”.

Eslatib o`tamiz, ushbu tadbir O`zbekiston hukumati, mamlakatimizning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyadagi elchixonasi ko`magida, O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati, O`zEOAVMA, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va neft xizmatlarini ko`rsatuvchi xalqaro «Eriell Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1