Argentinada oziq-ovqat sohasida favqulodda holat e`lon qilindi

Dunyo 20.09.2019, 16:07
Argentinada oziq-ovqat sohasida favqulodda holat e`lon qilindi

Argentina senati ochlikka qarshi kurashish va oziq-ovqat ta`minotini yaxshilashga mo`ljallangan byudjetni ko`paytirishga qaratilgan qonun loyihasini bir ovozdan ma`qulladi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Ushbu qonun mamlakatda oziq-ovqat sohasida favqulodda holat joriy etishni nazarda tutadi. Ayni damda mamlakat iqtisodiyotida inflyasiya darajasi tobora ortib, aholi qashshoqlashib bormoqda. Argentinada iqtisodiy o`sish o`tgan yildan sekinlasha boshlagan. So`nggi 12 oy ichida inflyasiya 54 foizdan yuqori bo`ldi. Natijada, joriy yil boshida mamlakat aholisining 32 fozi kambag`allik yoqasiga kelib qoldi. Bu deyarli 14 yarim million kishi qashshoq, deganidir. Mamlakatda bolalar to`yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. Ularning aksariyati kun davomida faqat bir marotabagina ovqatlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1