Ekaterinburgda bo`lib o`tayotgan boks bo`yicha Jahon chempionatida eng og`ir 91+ kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Bahodir Jalolov amerikalik bokschi Richard Torresni nokautga uchratgan edi. Eslatib shtamiz, Torres jangdan so`ng shifoxonaga tushgan edi.
Bahodir Jalolov u bilan bo`lgan jangdan so`ng shifoxonaga tushgan raqibi amerikalik bokschi Richard Torres holidan xabar oldi. Bu haqda sportchi o`z instagramida ma`lum qildi.
“Bizning raqibligimiz faqat ringda, hayotda biz aka-ukamiz, bir maqsad sari yo`lda do`stmiz. Allohga shukur sog`lig`i joyida!”, - deya yozgan bokschining o`zi.