O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaevaga Instagram’ tarmog`i orqali opasi — Gulnora Karimovaning taqdiriga oid savol berildi va u javobsiz qolmadi...
Lola Karimovaning posti ostida qoldirilgan kommentlarning birida quyidagicha savol berilgan: «G`alati savolim uchun kechirasiz. Opangizga achinmaysizmi?».
So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda sharhlarga javob qaytarishni odat qilgan Lola Karimova-Tillaeva opasining taqdiriga hamdard ekani haqida yozgan: «Men uning taqdiriga hamdardman. Uning ozod qilinishi masalasiga ijobiy ta`sir ko`rsata olmayman. Shubhasiz, bu mening xohishimga emas, balki sud tizimiga bog`liq... Men opam uchun faqat duo qila olaman».