1

Liberiyada maktabdagi yong`in oqibatida bolalar halok bo`ldi

Dunyo 19.09.2019, 17:33
Liberiyada maktabdagi yong`in oqibatida bolalar halok bo`ldi

Liberiyadagi maktablardan birida ro`y bergan yong`in oqibatida 27 nafar bola halok bo`ldi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, fojia Peynsvilldagi musulmon diniy maktabida ro`y bergan. Yong`in kechqurun bolalar dars o`tayotgan vaqtda kelib chiqqan. Ikki nafar o`quvchini qutqarib qolishga muvaffaq bo`lingan. Binoda qo`shimcha eshiklarning mavjud bo`lmagani va derazalarga panjara o`rnatilganligi sababli bolalar ichkarida qolib ketishgan. Taxminlarga ko`ra, yong`in elektr simlarida ro`y bergan qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqan. Ayni damda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Mamlakat prezidenti Jorj Vea halok bo`lganlarning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1