1

Janubiy Koreyada ilk marotaba Afrika vabosi epidemiyasi aniqlandi

Dunyo 18.09.2019, 16:50
Janubiy Koreyada ilk marotaba Afrika vabosi epidemiyasi aniqlandi

Ushbu xavfli virus KXDR chegarasidan uncha uzoq bo`lmagan Pxadju shahridagi cho`chqa boqiladigan fermada tarqala boshlangan. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Mamlakat qishloq xo`jaligi vazirligi xavfning maksimal darajasini e`lon qildi. Va fermadagi to`rt mingga yaqin jonivorlarning yo`q qilinishini aytib o`tdi. Mamlakatda ushbu yuqumli virus tarqalishining oldini olish maqsadida keng ko`lamli tadbirlarning amalga oshirilishi e`lon qilindi.

Joriy yilning may oyida ushbu virusning tarqalishi bilan bog`liq holatlar Shimoliy Koreyada ham qayd etilgan edi. Ushbu kasallik juda yuqumli bo`lib, o`lim darajasi 100 foizni tashkil etishi mumkin. Hozirda virusga qarshi kurashda samarali vaksina mavjud emas, shuning uchun kasallikka chalingan barcha jonivorlar yo`q qilinishi zarur. Afrika vabosi odamlar hayotiga xavf solmasa-da, chorvachilik sohasiga katta iqtisodiy zarar keltiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1