1

Aliment pullarini to`lamagan shaxsga jazo tayinlandi

Jinoyat 16.09.2019, 20:39
Aliment pullarini to`lamagan shaxsga jazo tayinlandi

Voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun ota-ona bir xildek mas`ul. Biroq, Buxoro shahrida yashovchi A.Ashurov muqaddam aliment pullarini to`lamaganligi uchun sudning 13.04.2018 yilda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan ozodlikni cheklash jazosiga sudlangan hamda sudning 21.01.2019 yildagi qarori bilan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan ma`muriy javobgarlikka tortilgan bo`lsa-da, bundan o`ziga tegishli xulosa chiqarmadi.

A.Ashurov undiruvchi S.Qayumova foydasiga ikki nafar voyaga etmagan farzandi moddiy ta`minoti uchun 2018 yil mart oyidan 2019 yil aprel oyiga qadar to`lanishi lozim bo`lgan 5 880 000 so`mlik aliment to`lovlarini to`lamasdan bo`yin tovlab, xavfli residiv jinoyatni sodir qilgan.

Sudning 05.08.2019 yildagi hukmiga ko`ra, A.Ashurovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 2-qismi bilan 2 /ikki/ yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1