Xotin-qizlar o`rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun mas`ul xodimlarga seminar-treninglar o`tkazilmoqda

Jamiyat 16.09.2019, 20:36
Xotin-qizlar o`rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi  uchun mas`ul xodimlarga seminar-treninglar o`tkazilmoqda

Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan joriy yilda xotin-qizlar o`rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etgan xotin-qizlarning muammolarini o`rganish va ularni bartaraf etishga ko`maklashish, ruhan qo`llab-quvvatlash maqsadida hududiy ichki ishlar organlarida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo`yicha inspektor lavozimi joriy etilgan edi.

Ayni paytda, mazkur lavozimda faoliyat ko`rsatayotgan xodimlarga xizmat vazifalarining mazmun-mohiyatini hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini tushuntirish, ularning malakasini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Mazkur yo`nalishda IIV Malaka oshirish instituti tashabbusi bilan joylarda o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlari doirasida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo`yicha inspektorlar uchun ham alohida seminar-treninglar tashkillashtirilmoqda.

Jumladan, Namangan va Toshkent viloyatida o`tkazilgan seminar-trening mashg`ulotlarida ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish hamda ularda belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta`minlash haqida so`z yuritildi.

– Seminar-trening mashg`ulotlarida ichki ishlar organlarida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo`yicha inspektorning asosiy vazifalari, normativ-huquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyatlari to`g`risida batafsil ma`lumotlar berildi, – deydi Namangan viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektori, leytenant Gulnoza Raxmatullaeva. – Xotin-qizlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek ular tomonidan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida qo`llaniladigan huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlarning mexanizmlari haqida tushunchalar berildi.

Darhaqiqat, mahallalar osoyishtaligi – yurt tinchligini ta`minlashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham hududimiz osoyishtaligi yo`lida shahar xotin-qizlar kengashi, keng jamoatchilik vakillari birgalikda harakat qilayapmiz. Shuningdek, profilaktika inspektorlari, ularning yordamchilari hamrohligida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qolaversa, hududdagi kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan oilalar holidan ham birgalikda xabar olish, yoshlarga ilm-hunar egallashlariga yaqindan yordam berilmoqda.

Insonlarning dardu tashvishlarini o`ylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari sayyor o`qish jarayonlari davomida hududiy ichki ishlar organlari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta`minlangan, yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olinyapti.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar va nogironlarni qo`llab-quvvatlash, turmush darajasini oshirish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish, og`irini engil qilish, hayotdan rozi bo`lib yashashiga ko`maklashishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

– Ikki nafar nogiron farzandimni alohida parvarish biroz qiyinchiliklar tug`diradi, – deydi Mingbuloq tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi 2-guruh nogironlari 26 yoshli Zuhriddin
va 29 yoshli opasi Umidaning onasi Xotira Karimova. – Mahallamiz raisi, profilaktika inspektori, tuman IIB xotin-qizlar bilan ishlash bo`yicha xodimlar muntazam ravishda xabar olib turishadi. Bugungi poytaxtimizdan kelgan mehmonlarning farzandlarimga aytgan gaplari nafaqat ularni, balki mening ham ko`nglimni ko`tarib yubordi. Bizni e`zozlaganlarning hamisha yo`llari yorug` bo`lsin.

Bundan tashqari, Institut professor-o`qituvchilari Quyichirchiq tumanning “Mevazor” mahallasida yashovchi, kam ta`minlangan Kuljamal Xolmuradovaning oilasining holidan ham xabar olindi.

– Turmush o`rtog`im rahmatli Toshkent shahar IIBBda xizmat qilar edi, 20 yil oldin asab kasalligi tufayli qazo qildi. Undan keyin 1 ta o`g`lim, 1 nafar qizim ham ushbu kasallik orqali vafot etdi, – dedi K.Xolmurodova. – Kichkina qizim ham shu tashxis bo`yicha
1-guruh nogironi, turmush o`rtog`i bilan ajrashib, u ham 4 nafar farzandi bilan mening qaramog`imda. Bundan tashqari, kenja o`g`lim ham shu tashxis bilan kasal bo`lib, hozirgi kunda u 2-guruh nogironi.

Tuman hokimligiga uyimizning tomidan yomg`irli kunlarda chaki o`tayotganligi haqida murojaat qilgan edim. Ular baraka topsin, yordam berishdi. Bundan tashqari, mahallamiz raisi Sharifa Nomozboeva boshchiligidagi faollar, profilaktika inspektori, qo`ni-qo`shnilar doimo xabar olib turishadi. Nevaramni maktabgacha ta`lim muassasasiga joylashtirishda yordam berishdi.

Suhbat jarayonida K.Xolmuradova uyida hammom qurishga yordam berishni so`radi, ushbu masala bo`yicha tuman IIB rahbariyati va mahalla raisi o`z ko`magini berishini ma`lum qildi.

Shuningdek, Chortoq tumani “Istiqlol” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Asila Dadaxonovaning oilasidan ham xolidan xabar olindi.

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, ta`lim muassasalarida targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1