Xivadagi «Raqs sehri»

Madaniyat 16.09.2019, 08:55
Xivadagi «Raqs sehri»

O`zbekiston Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o`tkazilayotgan festivalning ochilish marosimi Xiva shahridagi «Ichan-qal`a» davlat muzey-qo`riqxonasida bo`lib o`tdi, deb xabar beradi O`zA.

Festivalning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Polsha elchisi Petr Ivashkevich hamda Ozarbayjonning O`zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Geydar Aliev nomli madaniyat markazi rahbari o`rinbosari Zeynalov Polad Mansur o`g`li so`zga chiqdi.



Tantanali ochilishidan so`ng, barcha mehmonlar va ishtirokchilar «Ichan-qal`a»ning «Ota darvoza»sidan ichkariga tashrif buyurdi. Turli davlatlar nomlanishi bilan o`tgan saf, respublikaning hududini namoyon etuvchi liboslardagi raqqosalari «Ichan-qal`a»da yurishi barchani lol qoldirdi. Ansambl jamoalarining chiqishlari sayyohlar va tomoshabinlarni raqsga chorlab, zavq bag`ishladi.

Festival da O`zbekistonning turli hududlari va qator xorijiy davlatlardan kelgan san`atkorlar o`z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etmoqda. Milliy raqs san`atini dunyoga targ`ib qilish, mamlakatda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan festivalga joriy yilda ham puxta tayyorgarlik ko`rildi. «Raqs sehri» xalqaro festivalida 20 ga yaqin mamlakatdan 100 dan ziyod mehmonlar va badiiy jamoalar ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1