1

Xiva “Raqs sehri” xalqaro festivali mehmonlarini qarshi oldi (Foto)

Madaniyat 15.09.2019, 13:43
Teglar: Foto
Xiva “Raqs sehri” xalqaro festivali mehmonlarini qarshi oldi (Foto)

14 – 16 sentyabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan-qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Raqs sehri” xalqaro festivali bo`lib o`tmoqda. Tadbirda yurtimizning turli hududlari va qator xorijiy davlatlardan Xiva shahriga tashrif buyurgan san`atkorlar badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishadi. Milliy raqs san`atimizni dunyoga targ`ib qilish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan festivalga joriy yil har safargidan-da puxta tayyorgarlik ko`rildi.


Joriy yilda “Raqs sehri” festivalida Angliya, Italiya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Kuvayt, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Polsha, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog`iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatdan 100 ga yaqin raqs guruhlari qatnashadi. Ushbu xalqaro festivalda shuningdek Gruziya davlat akademik xalq ashula va raqs ansamblining "Rustavi" raqs guruhi ham ishtirok etishi kutilmoqda. "Rustavi" raqs jamoasi dunyoning 80 dan ortiq mamlakatiga tashrif buyurgan (ba`zi mamlakatlarda bir necha marta), 5000 dan ortiq konsertda ishtirok etgan va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`lgan.


Ansambl repertuarida ko`plab an`anaviy gruzin raqslari mavjud. Bundan tashqari ishtirokchilar orasida ozarbayjonlik taniqli raqqosa, xoreograf va aktrisa Oksana Rasulova ham bor. Ozarbayjonning Shabran shahrida tug`ilgan Oksana hind mumtoz raqslarini ijro qiladi. Asosan “Bharatanatyam” raqs uslubini sevib ijro etadi. 1999-2005 yillar davomida turli raqs tanlovlarining g`olibi bo`lgan. Oksana Rasulova o`zining qiziqarli raqs dasturlari bilan ko`plab mamlakatlarni aylanib chiqqan. Oksananing raqslari Youtube kanali orqali millionlab folloverlar tomonidan tomosha qilingan. Bugun, 14 sentyabr kuni Xiva temir yo`l vokzalida festival ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi. Mehmonlar orasida Polsha, Gruziya, Hindiston, Ozarboyjon, Tojikiston, Qozog`iston kabi mamlakatlardan 30 dan ziyod raqqos va raqqosalar, raqs dastalari tashrif buyurdi. Shu bilan birga, respublikamizning turli hududlaridan 50 ga yaqin raqs jamoalari kutib olindi. “Raqs sehri” festivalining rasmiy ochilish marosimi 15 sentyabr kuni Xiva shahridagi “Ichan-qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasi hududida bo`lib o`tadi.


Sharhlar

U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1