1

Dam olish kuni havo harorati pasayadi

Jamiyat 14.09.2019, 12:58
Dam olish kuni havo harorati pasayadi

Kelayotgan dam olish kunlari O`zbekiston hududiga navbatdagi salqin havo oqimlari kirib keladi.

So`nggi kunlarda O`zbekiston hududi bo`ylab quruq ob-havo kuzatildi, harorat ko`tarilsada, yilning shu vaqti uchun xos bo`lgan me`yoriy ko`rsatkichlardan 3—5 darajaga past bo`ldi.

Kelayotgan dam olish kunlari respublika hududiga navbatdagi salqin havo oqimi kirib keladi. Bulutlar ko`payib, ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayishi mumkin.

14 sentyabr kuni kechga borib Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg`ona vodiysining ayrim joylariga biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. 15 sentyabrda Toshkent va Farg`ona viloyatlarining ayrim joylariga yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Hafta oxiriga kelib harorat pasayadi.

Kelasi haftaning boshida yana yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 12—15 daraja, kunduzi 24—27 daraja bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1