1

Estoniyada haydovchisiz avtobuslar xizmati yo`lga qo`yildi

Dunyo 14.09.2019, 12:28
Estoniyada haydovchisiz avtobuslar xizmati yo`lga qo`yildi

Estoniyada tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yo`lovchilarga tekin xizmat ko`rsatuvchi haydovchisiz avtobuslar xizmati yo`lga qo`yildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar qildi.

Bekatda tushib kerakli manzilga etib olish uchun yana deyarli bir kilometr piyoda yo`l bosish hammaga ham yoqavermaydi. Yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Tallinda haydovchisiz avtobus xizmati yo`lga qo`yildi. Hozircha ushbu avtobus tramvay bekati badiiy galeriya oralig`ida xizmat ko`rsatmoqda.

Mazkur loyihadan ko`zlangan asosiy maqsad fuqarolarni shaxsiy avtomobillardan kamroq foydalanishga undashdan iboratdir. Shahar ma`muriyati ushbu loyihani yanada kengaytirish niyatida 2020 yilga qadar yana 6 ta ana shunday transport vositasini xarid qilishni rejalashtirdi. Bu kabi loyihalar Evropaning qator shaharlaridan sinovdan o`tkazilmoqda. Haydovchisiz avtobuslar hozirda Kongsberg, Gdansk, Vayl va Xelsinkida harakatlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1