Turkiyada ishchilarni olib ketayotgan avtobus portladi

Dunyo 13.09.2019, 11:51
Turkiyada ishchilarni olib ketayotgan avtobus portladi

Turkiya janubi-g`arbida portlash yuz berdi. Buning oqibatida to`rt nafar tinch aholi hayotdan ko`z yumgan bo`lsa, 13 kishi turli darajada jarohat oldi. «SABAH» gazetasining xabar berishicha, Diyarbakir provinsiyasining Kulp hududida salonida yo`lovchilar bo`lgan mikroavtobus portlab ketgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, tirik qolganlar davlat shahar shifoxonasiga etkazilgan. Gazetada yozilishicha, portlash ortida Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi a`zolari turganligi taxmin qilinmoqda.

Dastlabki manbalarga ko`ra, avtobus ishchilarni olib ketayotgan bo`lgan. Polisiyachilar terakt taxminini o`rganishmoqda. Ayni vaqtda hodisa yuz bergan joyda polisiyachilar va qutqaruvchilar ishlashmoqda. Fojiadan mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on ham xabardor qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1