1

Antarktidada “yo`qolgan“ g`or topildi

Dunyo 12.09.2019, 20:12
Antarktidada “yo`qolgan“ g`or topildi

Antarktidada Ukraina ekspedisiyasi ishtirokchilari “yo`qolgan“ muzli g`orni topishib, uning ichida ko`llar va daryo borligi aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ekspedisiya rahbari Igor Dikiyning so`zlariga ko`ra, bu g`or tez topilgani yo`q.

“Uni Penola bo`g`ozidan topishga bir nechta muvaffaqiyatsiz urinishlar bo`ldi, ammo Buyuk Britaniyaning eski Kalining muzeyi yonidagi muzliklar orqali yo`qolgan g`orga kirishga muvaffaq bo`ldi “, - dedi u.

Uch qavatli g`or yo`llarining umumiy kengligi taxminan 200 metrni tashkil etadi, unda muzli daryo va ikkita ko`l bor.

Bundan tashqari, olimlar patni topdilar, ta`kidlanishicha bu “pingvinga tegishli emas“. Tadqiqot uchun namunalar Ukrainaga yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1