1

O`zbekiston velopoygachilari Hindistonda o`tgan Osiyo Kubogida 7 medalni qo`lga kiritdi

Sport 12.09.2019, 19:55
O`zbekiston velopoygachilari Hindistonda o`tgan Osiyo Kubogida 7 medalni qo`lga kiritdi

Velosport bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Hindistonda Osiyo Kubogida ettita medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

O`zbekiston velopoygachilari 9−11 sentyabr kunlari Hindistonda bo`lib o`tgan Osiyo Kubogida to`rtta oltin va uchta kumush medalni qo`lga kiritdi. Umumjamoa hisobida milliy terma ikkinchi o`rinni egalladi, deya xabar berdi O`zbekiston Felosport federasiyasi.

O`smirlar terma jamoaga ikkita oltin va ikkita kumush medal olib keldi. Bexzod Rahimboev skretch va poygada ochkolar bo`yicha qit`ada birinchi bo`ldi — u har ikki yo`nalishda oltin medalni qo`lga kiritdi. Velopoygachi Yanina Kuskova dunyo reytingida uchinchi o`rinni egalladi hamda individual ta`qib poygasi va skretchda kumush medallarga sazovor bo`ldi.

Kattalar o`rtasida velopoygachi Renat Baymatov individual ta`qib poygasida g`olib bo`lib, oltin medalni qo`lga kiritdi. Yana bir «oltin» va Olimpiada-2020 uchun 200 ochkoni Murodjon Xolmurodov qo`lga kiritdi.

Oxirgi kumush medalni terma jamoaga Dilmurod Siddiqov olib keldi. U omniumda ishtirok etib, Tokiodagi Olimpiada uchu 180 ochkoni qo`lga kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1