1

O`zbekistonda sud-huquq tizimidagi islohotlarni OAVda yoritish mavzuida seminar tashkil qilindi

Jamiyat 12.09.2019, 19:19
O`zbekistonda sud-huquq tizimidagi islohotlarni OAVda yoritish mavzuida seminar tashkil qilindi

O`zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi hamda YuSAID xalqaro tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi seminar-trening o`z ishini boshladi.

Jurnalistlar uchun joriy etilgan ushbu seminar-o`qish O`zbekiston sud-huquq tizimi islohotlarini OAVda yoritish mavzusiga qaratilgan. Seminar-treningda qonun ustuvorligi, sud-huquq islohotlarining mohiyatini fuqarolarga tushuntirish, sud hokimiyatining ochiqligini ta`minlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAV faolligini ta`minlash masalalari muhokama qilinmoqda.

–Barcha sohalardagi kabi mamlakatimiz sud-huquq tizimida ham katta islohotlar joriy etilmoqda. Bu jarayonlarda jurnalistlar va blogerlar ham katta faollik ko`rsatishmoqda. Islohotlarning tub mohiyatini aholi qatlamlariga etkazish, har bir sohada adolat va haqiqat tamoyillari ishlashi, qonun ustuvorligi ta`minlanishini jamoatchilik nazoratiga olish jurnalistlarning vazifasidir. Shu o`rinda bizning asosiy maqsadimiz markaziy va hududiy jurnalistlarning sud-huquq yo`nalishini yoritishda malakasini oshirishdan iborat. Markaz tomonidan tashkil etilayotgan treninglar mavjud muammolar echimida jurnalistlar faolligini oshirishga ko`maklashadi, — deydi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Babojonova.

Seminar-treningda sud-huquq mavzuida o`z materiallari bilan ishtirok etib kelayotgan markaziy va mahalliy OAVning bir guruh jurnalistlari ishtirok etmoqda. Mahorat darslariga malakali trenerlar Yo.Mamatova, B.Alimov hamda YuSAID xalqaro tashkiloti mutaxassisi R.Nazarovalar jalb etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1