1

Faol yoshlarga uy-joy beriladi

Jamiyat 12.09.2019, 14:44
Faol yoshlarga uy-joy beriladi

Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta`minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida Hukumat qarori (760-son, 11.09.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga ko`ra, yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo`lgan qismi O`zbekiston yoshlar ittifoqi mablag`i hisobiga 7 yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng bo`lgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi (hozirga qadar boshlang`ich badal O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to`liq to`lab berilgan).

Shuningdek, ipoteka krediti bo`yicha birinchi 5 yil nihoyasiga etgach keyingi butun muddat uchun hisoblangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi O`zbekiston yoshlar ittifoqi mablag`i hisobiga to`lanadi.

2020 yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun:

dastlabki badallar hamda kredit bo`yicha birinchi besh yildan keyingi foiz to`lovlari yosh oilalarning o`z mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi;

kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qat`iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1