Indoneziya va Malayziyada o`rmon yong`inlari tufayli maktablar yopildi

Dunyo 12.09.2019, 13:45
Indoneziya va Malayziyada o`rmon yong`inlari tufayli maktablar yopildi

Indoneziyada ro`y berayotgan o`rmon yong`inlari sababli mamlakat va qo`shni Malayziyada yuzlab maktablar va bog`chalar yopilmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Ayni damda yong`inlar sabab havoning ifloslanish darajasi keskin ravishda ortib ketgan. Mamlakatning Riau provinsiyasini quyuq tutun qoplagani bois mahalliy shifoxonalarga nafas olish bilan bog`liq muammolar bilan murojat qilayotganlar soni ko`paygan. Sumatra oroli va Borneo orolining Kalimantan provinsiyasida o`rmon yong`inlari bir necha haftadan buyon davom etmoqda. Hukumat yong`inlarni bartaraf etishga minglab harbiylarni safarbar etgan.

Yong`inlardan qo`shni Malayziya ham aziyat chekmoqda. Hozirda mamlakatning Saravak shtatiga aholining himoyalanishi uchun yarim millionga yaqin niqoblar jo`natilgan. Shtatda, shuningdek 400 dan ortiq maktablar ham yopilgan. Shtat hududini egallagan quyuq tutun Indoneziyadagi yong`inlar tufayli ekanligi aytilmoqda. Biroq rasmiy Jakarta mintaqaning boshqa hududlarida ham yong`inlar ro`y berayotganini ta`kidlamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1