Долзарб мавзулар Foto

Isroil vaziri o`z rejasini ma`lum qildi (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 12.09.2019, 13:40

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Iordan daryosining g`arbiy sohillarini o`z mamlakati tarkibiga qo`shib olishni rejalashtiryotganini ma`lum qildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Bosh vazir bayonotiga nisbatan qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar keskin munosabat bildirishdi. Siyosatchi o`zining bu kabi rejasini saylov oldi dasturidan o`rin olgan Ashdoddagi chiqishi davomida ma`lum qilgan. Binyamin Netanyaxu bordi-yu, mamlakat parlamentiga bo`lib o`tadigan navbatdagi saylovlarda g`alaba qozongudek bo`lsa, Iordan vodiysi va O`lik dengizining shimoliy sohillari hududida Isroil suvereniteti o`rnatilishini ta`kidladi. Ushbu hududlarning katta qismi Isroil aholi punktlari bilan egallab olingan.

Arab davlatlari ligasi kengashi ushbu bayonotni Isroil tajovuzkor rejalarining jiddiy isboti, xalqaro qonunlar, BMT nizomi va xalqaro ahamiyatga ega tegishli rezolyusiyalar buzilishining yaqqol dalili sifatida e`tirof etmoqda. BMT Xavfsizlik Kengashining 2016 yilgi rezolyusiyasi Isroilga Iordan daryosining g`arbiy hududlarida aholi punktlarini barpo etib, egallab olishni man etadi. BiroqIsroil ushbu majburiyatni bajarishdan bosh tortib kelmoqda. Aynan shu holat Isroil- Falastin o`rtasida tinchlik o`rnatish yo`lida asosiy to`siq bo`lib qolmoqda.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA