1

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tashkil etildi

Jamiyat 12.09.2019, 13:26
Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tashkil etildi

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident Farmoni qabul qilindi (PF-5817-son, 11.09.2019 y.)

Farmon bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzurida Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tashkil etildi.

Agentlik iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Farmonga ko`ra, Agentlikka iste`molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, uni buzgan shaxslarga nisbatan chora ko`rish uchun sudga murojaat qilish kabi huquqlar berildi.

Shuningdek, Agentlik chakana savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalarida tovar va xizmatlarning nazorat xaridini o`tkazishi, ularni ekspertizadan o`tkazilishini tashkil qilishi mumkin.

Agentlik va Qo`mitaning hududiy boshqarmalari sudga kiritiladigan da`volar bo`yicha davlat boji to`lashdan ozod qilinadi.

Agentlikka Qo`mita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1