1

Yoshlar ittifoqida a`zolik bo`lmaydi, tashkilot barcha O`zbekiston yoshlari uchun xizmat qiladi

Jamiyat 12.09.2019, 12:46
Yoshlar ittifoqida a`zolik bo`lmaydi, tashkilot barcha O`zbekiston yoshlari uchun xizmat qiladi

Yoshlar ittifoqi o`tgan vaqt davomida Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qilib, yigit-qizlarning tayanchiga aylanib ulurdi. Bunda tizimga doir qabul qilingan me`yoriy-huquqiy hujjatlar muhim omil bo`lmoqda.

Yigit-qizlarning biznes loyihalari uchun “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi tomonidan bugungi kunga qadar 795 milliard so`mlik imtiyozli kreditlar ajratilib, 28 mingga yaqin yangi ish o`rinlari yaratildi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz chuqur anglagan holda uni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. Yoshlarni qo`llab-quvvatlash, turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan, yuqori natijalarga erishib, tengdoshlariga o`rnak bo`layotgan yigit-qizlarni rag`batlantirish maqsadida “Mard o`g`lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta`sis etildi. So`nggi yillarda Prezidentimiz sadoqat bilan yonib yashayotgan, bilimli, tashabbuskor, fidoyi yoshlarga mas`uliyatli rahbarlik lavozimlarini ishonib topshirayotgani ham ularning mamlakatimiz taqdiri va kelajagida muhim kuch ekanini anglatadi.

Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da O`zbekiston yoshlar ittifoqining navbatdan tashqari kengaytirilgan videoselektor yig`ilishida tashkilotning tashkiliy masalalari ko`rib chiqilib, Alisher Sa`dullaev rasman O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi sifatida saylandi.Uning bu lavozimga saylanishi yoshlarning izchil izlanishi va o`z ustida ishlashi orqali shu davlatning islohotlarida beminnat xizmat qilishi mumkinligining bir isbotidir.

Ishni dastlab kadrlar va moliyaviy sohada ochiqlik, yoshlarning xohish-istaklari va takliflari bo`yicha muloqot, doimiy izlanish, tahlil etish va rivojlanishhamda yoshlar tashabbuslarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash kabi to`rt tamoyil asosida boshlagan yosh rahbar 8 sentyabr kuni “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturiga bergan intervyusida “Yoshlar ittifoqida a`zolik bo`lmaydi, yoshlar bilan ishlashda ularning O`zbekiston farzandi ekanligining o`zi ular bilan ishlashga etarli asos”, – deyatashkilotga a`zolik bekor qilinganini e`lon qildi.

Tashkilot butun O`zbekiston yoshlari uchun yaratilgan va uning imkoniyatlari, loyihalari ham butun O`zbekiston yoshlari uchun bo`lishi kerakligini alohida ta`kidlagan Yoshlar etakchisi Yoshlar ittifoqi faoliyatini butun O`zbekiston yoshlarini muammolarini o`rganishga va ularni echimini qidirishga, innovasion loyihalarni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirishni o`z oldiga maqsad qildi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa`dullaevningyoshlarni uyushgan va uyushmagan yoshlarga ajratmasdan, barcha O`zbekiston yoshlariga bir xil qarash g`oyasini ilgari surayotganiaksariyat blogerlarga hamma`qul keldi.

—Alisher Sa`dullaev to`g`ri aytibdi. Har qanday hisobot raqamlariga yolg`on aralashadi. A`zolar soni hech narsani o`zgartirmaydi, – deydi jurnalist Aziza Qurbonova. —Yoshlar Ittifoqi so`zidan avval O`zbekiston, degan so`z turibdimi, hamma yoshlarga tegishli tashkilot bo`lishi shart. Ota bolasini oq-qoraga ajratmaydi-ku!

Yoshlarni ikkiga bo`lmasdan, hammani teng ko`rish, uyushgan va uyushmagan emas, hammani O`zbekiston yoshlari deb qarash to`g`ri qaror, aslida. Endi “Uyushmagan yoshlar” degan tushunchaga o`rin qolmadi.Tashkilotda yangi islohotlar boshlangani yaqin orada katta yangiliklar bo`lishiga ishoradir. Umuman, Yoshlar tashkiloti butun O`zbekiston yoshlari uchun xizmat qilib, uning imkoniyatlari, loyihalari butun O`zbekiston yoshlari uchun yaratiladi.

Tizimdagi yana bir yangilik Yoshlar ittifoqining raisi o`rinbosarligiga va hududiy Kengashlardagi boshqaruv lavozimlariga nomzodlar tanlov orqali qabul qilinishidir. Bu qaror hammasalaga aniq maqsadli va kreativ echim bo`la oladi desak, mubolag`a bo`lmaydi. Alisher Sa`dullaevning dastlabki harakatlaridanoq tizimga yangi atmosferani olib kirishi uning yoshlar manfaatlari yo`lida chinakam qayg`urayotganidan darak.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa`dullaev tashkilotning kelgusidagi rejalarini e`lon qilib, barchasini ochiqlik va oshkoralikdan boshlagani ham endi tizim tadbirbozlikdan holi tarzda yosh liderlarni shakllantirishga xizmat qilishini bildiradi. Bunda avvalo tashkilot byudjeti ochiqlanadi. So`ngra har bir soha yoshlari uchun grantlar e`lon qilinadi. Qabul qilingan loyihalar esa shaffof baholanadi. Natijada yoshlar bir maqsad atrofida birlashishni, yakdillikni o`rganadi.

Shahnoza Nurullaeva

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1