1

Aeroport va vokzallarda planshetlar ijarasi yo`lga qo`yildi

Jamiyat 11.09.2019, 22:56
Aeroport va vokzallarda planshetlar ijarasi yo`lga qo`yildi

O`zbekistonning aeroport va vokzallarida chet el fuqarolariga qo`shimcha qulaylik yaratish hamda xavfsiz turizmni ta`minlash maqsadida xizmatlar sifatini oshirish, axborot muhitini takomillashtirish, jumladan, sayyohlik-axborot punktlari, turistik navigasiya tizimlari, yo`nalish olish belgilari va boshqalarni tashkil etishga doir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Respublika hududidagi aeroport, vokzal va boshqa sayyohlar gavjum joylarda xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun maxsus planshetlar ijarasi yo`lga qo`yildi.

Planshetlar aeroport va vokzallarning kutish zallarida sayyohlarning murojaatlariga ko`ra berilmoqda. Ushbu planshetlarga O`zbekistonga sayohat qilayotgan turistlar uchun zarur bo`lgan barcha mobil ilovalar yuklangan, bu esa sayyohlarga beminnat yordam ko`rsatishi, shubhasiz.

Eslatib o`tamiz, 2018-yilda O`zbekistonga kelgan mehmonlar qulayligi uchun aeroport, vokzal va sayyohlar gavjum bo`ladigan joylarda maxsus sim-kartalar sotuvi yo`lga qo`yilgan edi. Rouming xizmati muqobili sifatida ishlab chiqarilgan bu sim-kartani faqat xorijiy fuqaro pasporti bilan xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, kelgusida sayyohlarga telefon apparati va mobil router ijaraga berish xizmati ham yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1