1

O`zbekistonda ilk marotaba mobil ilovalar ishlab chiqarish bo`yicha yirik tanlov o`tkaziladi

Jamiyat 11.09.2019, 19:45
O`zbekistonda ilk marotaba mobil ilovalar ishlab chiqarish bo`yicha yirik tanlov o`tkaziladi

Toshkentda ochilgan IT-park Birlashgan Arab Amirligi bilan hamkorlikda talabalar o`rtasida «mGovAward» – mobil ilovalar ishlab chiqish bo`yicha respublika tanlovini e`lon qildi. Arizalar 26 sentyabrdan AKT haftaligi davomida qabul qilinishi boshlangan. Bu haqda «Daryo»ga IT-park vakillari ma`lum qildi.

Tanlov jami 5 ta: ta`lim, sog`liqni saqlash, turizm, transport va logistika, shuningdek biznes va G2B yo`nalishlarida tashkil qilinadi. Mazkur tanlovning asosiy mezonlari etib, yaratiladigan ilovaning samaradorligi, uning innovasionligi va foydalanish uchun qulayligi belgilangan.

Talabalar «mGovAward» tanlovi doirasida O`zbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qila oladigan mobil ilova yaratish kerak. Yutuq fondi 100 000 dollarni tashkil qilib, 50 000 dollar birinchi o`rin sohibiga, 30 000 dollar ikkinchi o`rin uchun hamda 20 000 dollar uchinchi o`ringa berish rejalashtirilgan. Shuningdek, tanlov g`oliblari BAAga bepul safar qilish imkoniyatini va IT-park akselerasiya dasturida ishtirok etish imkonini qo`lga kiritadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1