1

​“Bo`r egim kelyapti...”

Salomatlik 11.09.2019, 19:32
​“Bo`r egim kelyapti...”

“Nimagadir doim bo`r egim keladi. Bu holat ikkiqatligimda boshlangan. Tuqqanimdan keyin o`tib ketadi, deb o`ylardim. Hozir farzandim tug`ildi, katta bo`lib qoldi. Ammo bo`r eyish odatimni tashlolmayapman. Bu qandaydir kasallikmi yoki boshqa sababi bormi? Iltimos, tushuntirib bersangiz”.

Zulfiya, Xorazm viloyati

Eksperti: Salomat XO`JABOEVA, pediatr

–Bo`r eyish bilan bog`liq hazm buzilishi tibbiyotda pikaiszm deyiladi. Bu holatda odam oziq-ovqatlar tarkibiga kirmaydigan g`aroyib narsalar: tosh, bo`r, tuproq, sovun, qog`oz kabilarni iste`mol qila boshlaydi. Shu o`rinda bu narsalarni eyish istagi mislsiz ishtiyoqqa aylanadi.

Kimlarda uchraydi?

Ko`pincha 2-7 yosh orasidagi ayrim bolalarda bo`r iste`mol qilishga ishtiyoq kuchli bo`ladi. Asosan ruhiy rivojlanishda biroz bo`lsa-da tengdoshlaridan ortda qolayotgan bolalar doimiy ravishda to`yib ovqatlanmaganda yoki organizmiga temir, kalsiy kabi moddalar etishmaganda shunday g`ayritabiiy ishtaha paydo bo`lishi mumkin.

Bunday odat jinsiy rivojlanishning ilk davrlarida, 12-13 yoshlilarda hamda homilador ayollarda ham paydo bo`lishi mumkin. Biroq ayrim ayollarda tug`uruqdan keyin bu holat o`tib ketadi. Ammo bunday ishtiyoqning asl sababi hozircha aniqlanmagan. Kuzatuvlar esa aynan temir etishmovchiligi bilan bog`liq kamqonlikda hamda homiladorlikda bo`r eyishga ishtiyoq sezilishini tasdiqlagan.

Qonda temir etishmovchiligi bo`lsa odam bo`r va tuproqgina emas, hatto kraxmal, tish pastasi kabilarni ko`rsa ham ishtahasi ochiladi...

(Maqolaning davomini "Darakchi" gazetasining 38-sonida o`qiysiz).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1